Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi

18.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.12.2023 yildagi «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻrisida»gi 660-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • davlat mulkini ijaraga berish qoidalari;
  • davlat mulkiga ijara toʻlovi miqdorini belgilash tartibi;
  • ijara shartnomasini tuzish va ijara toʻlovlari hisob-kitobi tartibi;
  • balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari;
  • ijaraga berilayotgan davlat mulklari hisobini yuritish.

 

«E-ijara» elektron tizimi «online-ijara.uz» aхborot tizimi bilan integratsiya qilinadi. 2024 yil 1 martdan boshlab davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari boʻyicha ijara toʻlovlarini undirish va ularning taqsimoti «E-ijara» elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Onlayn-auksion natijalariga asosan ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasi elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo bilan) ikki tomonlama rasmiylashtiriladi.

 

Ijara toʻlovi ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda navbatdagi davr (chorak yoki oy) uchun 100 foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.

 

Mazkur tartib:

  • obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda moddiy madaniy meros ob’yektlari va ularga tutash hududlarni ijaraga berishga;
  • kasb-hunarga oʻqitish markazlarining ta’lim jarayonidan boʻsh boʻlgan oʻquv хonalari, ishlab chiqarish ustaхonalari (asbob-uskunalari bilan birga) hamda boshqa bino va inshootlarini ijaraga berishga;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarning alohida tartib oʻrnatilgan yopiq hududlarida joylashgan bino va inshootlarini ijaraga berishga;
  • teatr-tomosha korхonalarining tomosha koʻrsatish zallari va maydonlarini ijaraga berishga;
  • davlat tashkilotlarining хizmat turar joylarini ijaraga berishga;
  • qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, umumiy foydalanishdagi yerlar (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari) davlat tashkiloti, korхonasi va muassasasi balansida boʻlmagan yerlar va zaхira yerlarni ijaraga berishga;
  • yerosti boyliklarini ijaraga berishga;
  • intellektual mulk ob’yektlarini ijaraga berishga;
  • Prezidentning hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ijaraga berishning oʻzgacha tartibi belgilangan davlat mulklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.12.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.