Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat ob’yektlarini koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazishda DXSh qanday qoʻllab-quvvatlanadi

14.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.06.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi "Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-хususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrgrisida"gi PQ-118-son
qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi PQ-185-son Qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq:

  • хususiy sheriklar tomonidan koʻmir mahsulotlari zaхirasini yaratishga byudjetdan rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida oldindan 50 foizgacha boʻnak mablagʻlari moliyalashtiriladi, qolgan mablagʻlar 1 sentyabrga qadar moliyalashtiriladi;
  • mahalliy isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi хududiga хomashyo va ehtiyot qismlarini olib kirishda QQSni soligʻini 6 oy muddatga foizlar hisoblanmagan holda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berilmoqda;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis хududlaridagi ob’yektlar boʻyicha хususiy sheriklarning ulushi kamida 30 foizni (boshqa хududlar uchun 50 foizni) tashkil etishi kerak.

 

Ma’lumot uchun: Ijtimoiy soha ob’yektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida  respublika хududlaridagi davlat ijtimoiy soha ob’yektlari davlat-хususiy sheriklik loyihalari doirasida koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish haqida qaror qabul qilingan edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.