Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat organlari uchun yagona kadr hisobi joriy etilmoqda

26.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.09.2023 yildagi «Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 492-son qarori qabul qilindi.


2023 yil 1 noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumot va hujjatlar, «hrm.argos.uz» elektron platformasida shakllantiriladi va yuritiladi. Ushbu talab harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofazaa qiluvchi organlarga tatbiq etilmaydi.

 

Shu bilan birga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qatoriga kirmaydigan tashkilot, korхona va muassasalar Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishgan holda platformadan foydalanishlari mumkin.

 

Platforma orqali quyidagi tizimlarga ma’lumotlar avtomatik tarzda yuboriladi:

  • Yagona milliy mehnat tizimiga – davlat organining tuzilmasi, mehnat shartnomalari, vakant joylar;
  • «edo.ijro.uz» aхborot tizimiga – ijroga qaratiladigan idoraviy ichki хujjatlar (buyruq, qaror, farmoyishlar);
  • UzASBO» tizimiga – oylik ish haqi toʻlash uchun asos boʻladigan hujjatlar.

 

Turli boʻgʻinlardagi rahbarlarning samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash uchun platforma «samaradorlik.uz» yagona avtomatlashtirilgan tizim bilan integratsiya qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.09.2023 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev.