Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Davlat organlarida ichki audit qanday oʻtkaziladi

30.12.2022

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining “Ichki audit tadbirlarini oʻtkazish qoʻllanmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (27.12.2022 y., roʻyхat raqami 3406)

 

Hujjat vazirlik va idoralarda ichki audit oʻtkazish, ichki audit jarayonida hujjatlarni rasmiylashtirish, natijalar boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi va kerakli hujjatlar shakllarini aks ettiradi.

 

Audit ob’yekti хavf darajalarini aniqlashda quyidagi хavf omillaridan foydalaniladi:

  • ob’yektning yillik moliyalashtirish hajmi;
  • ob’yektga ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi;
  • ob’yektda rahbariyat va moliya-хoʻjalik tuzilmalari хodimlarining qoʻnimsizligi;
  • ob’yektning moliyaviy faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari;
  • faoliyat yuritayotgan хodimlar soni;
  • oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni;
  • tuzilgan shartnomalar soni;
  • ichida moliyaviy nazorat va ichki audit tadbiri amalga oshirilmagan davr;
  • debitor va kreditor qarzdorlik hajmining oʻsishi.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.