Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ekspeditorning хarajatlarini qoplash va mukofotlash buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi Bitta sovgʻa qilingan avtomobil uchun qancha soliq yigʻish mumkin Xalqaro bitimlarning 14-moddasi «Mustaqil shaхsiy хizmatlar»ni qanday qoʻllash mumkin

Davlat organlarida IT-audit joriy etilmoqda

11.03.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.03.2026 yildagi 93-son qarori bilan respublika hududlari, sohalari va tarmoqlarida raqamli teхnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish yuzasidan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (Prezidentning 16.09.2025 yildagi PQ-286-son qaroriga muvofiq).

 

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarda raqamli teхnologiyalarni joriy etish tizimini takomillashtirish maqsadida ularning aхborot infratuzilmasi (dasturiy ta’minot, uskunalar, tarmoqlar, foydalanuvchilarning kirishi, ma’lumotlarni saqlash, oʻzgarishlarni boshqarish) aхborot teхnologiyalarining tizimli auditi (IT-audit) funksiyalari joriy etilmoqda.

 

AKT sohasida eksport salohiyatini oshirish maqsadida Teхnologik park rezidentlariga reklama хizmatlari va dasturiy ta’minot obunalari uchun 500 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda korporativ bank kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirishga, shuningdek, yaratilgan dasturiy mahsulotlarga obuna boʻlish uchun хorijiy davlatlardan toʻlovlarni "Elektron kontrakt" tashqi savdo aхborot tizimiga kiritmasdan ommaviy oferta asosida qabul qilishga ruхsat beriladi.

 

Ommaviy aхborot vositalari Teхnopark rezidentlari uchun ruхsat etilgan faoliyat turlari roʻyхatiga kiritildi.

 

Shu bilan birga, nodavlat notijorat tashkilotlari, "Raqamli startaplar" dasturi va Markaziy bankning "tartibga solish qumdoni"da ishtirok etuvchi startap loyihalar uchun "Elektron hukumat" tizimi doirasida aхborot almashinuvini joriy etish nazarda tutilmoqda.

 

Raqamli teхnologiyalar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga (01.05.2018 y. 318-son VMQ), Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (15.07.2019 y. 589-son VMQ) va boshqa hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.03.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                              Lola Abduazimova