Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat qarziga Kafolat jamgʻarmasi хizmat koʻrsatadi

28.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 21.09.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzurida Davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha Kafolat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 573-son qarorni qabul qildi.

 

Qaror bilan Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizom bilan quyidagilar belgilangan:

  • Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yoʻnalishlari;
  • davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar oʻz qarz toʻlovlarini vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlikni qarzdor tashkilotlardan undirish sharti bilan Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash amalga oshiriladi. Bunda Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda qarz Oʻzbekiston Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
  • Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qarzdorliknn qoplash va Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplangan mablagʻlarni qarzdordan undirish tartibi;
  • Kafolat jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlarini vaqtincha depozitga joylashtirish, chet el valyutasini sotish va sotib olish hamda yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish orqali samarali boshqarish tartibi;
  • Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish tartibi.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlari va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga qoplangan qarzdorlik, hisoblangan penya va jarima toʻlovlari qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar tomonidan mos ravishda Kafolat jamgʻarmasi yoki Davlat byudjetiga qaytariladi.

 

Davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar boʻyicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar:

  • har yili keyingi moliya yili uchun shakllantiriladigan biznes reja yoki хarajatlar smetalarida qarz toʻlovlari bilan bogʻliq хarajatlarni majburiy ravishda nazarda tutadi;
  • qarzlarni oʻz vaqtida toʻlash maqsadida qoʻshimcha daromad manbalarini aniqlashtirib boradi.

 

Moliya vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 15 noyabrga qadar ushbu qaror mazmunidan kelib chiqib Byudjet kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.