Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat tilida markirovka qilinmaganda muvofiqlik sertifikati berilmaydi

17.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

2020 yil 1 avgustdan boshlab iste’mol tovarlarining ayrim turlari ishlab chiqaruvchi tomonidan davlat tilida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi (11.02.2020 yildagi PQ-4594-son qarorga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2013 yil 1 iyuldan boshlab roʻyхat boʻyicha olib kelinadigan import iste’mol tovarlari oʻzbek tilida markirovka qilinishi lozim. Tovarlar ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan markirovka qilinadi. Bunda, tovarlarning turiga qarab, markirovka qilish usullari va unda aks ettiriladigan ma’lumotlar tanlab olinadi.  

 

2018 yil 1 sentyabrdan tovarlarning bunday majburiy markirovkasiz «erkin muomalaga chiqarish (import)» rejimiga rasmiylashtirishga ruхsat berilgan. Biroq shu bilan birga, Oʻzbekistonga olib kiriladigan bir qator tovarlar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim. 2020 yil 1 avgustdan boshlab tovarlar majburiy sertifikatlanadigan boʻlsa, ularda majburiy tartibda davlat tilidagi markirovkaning mavjud boʻlishi mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini  rasmiylashtirish sharti hisoblanadi.

 

Binobarin, bunday tovarlarni bojхonada rasmiylashtirishda markirovka talab etilmasa ham sertifikatlangan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatsiz realizatsiya qilish savdo qoidalarini buzish hisoblanadi va bu holat turli oqibatlarga olib kelishi mumkin, bunda tovarlar sotuvga chiqarilmaydi (Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 189-bandi, MJTKning 164-moddasi, JKning 189-moddasiga qarang).

 

Ilgarigidek, iste’mol qadoqlari boʻlmagan tovarlarga nisbatan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda davlat tilida markirovka qilish talab etilmaydi  (13.05.2013 yildagi 127-son VMQning 4-bandiga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

 

Oleg Zamanov.