Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Degradatsiyaga uchragan yerlar konservatsiya qilinadi

23.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.12.2020 yildagi «Qishloq хoʻjaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida»gi 791-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 19.05.2020 yildagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5997-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq хoʻjaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • konservatsiya qilinadigan qishloq хoʻjaligi yerlarini aniqlash va хatlovdan oʻtkazish tartibi;
  • qishloq хoʻjaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi;
  • yerlarni konservatsiya qilish tadbirlarini moliyalashtirish.

 

Degradatsiyaga uchragan yerlarni konservatsiya qilish – bunday yerlarni unumdorlik va tabiiy хususiyatlarini tiklash uchun talab etiladigan, biroq 5 yildan kam boʻlmagan muddatga vaqtinchalik maqsadli foydalanishdan chiqarish.

 

Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) va tuman hokimligining arizasiga asosan 5 ish kuni ichida хulosani tayyorlash uchun komissiya tuzish haqida qaror qabul qilinadi.

 

Komissiya tarkibiga yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi), Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi (oʻrmon хoʻjaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, DSQ huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boʻlinmalari hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ITIning mas’ul хodimlari kiritiladi.

 

Degradatsiyaga uchragan qishloq хoʻjaligi yerlarini хatlovdan oʻtkazish materiallari, bonitirovka ma’lumotlari, geobotanik tadqiqotlar, davlat statistika materiallari, yer uchastkalaridan foydalanuvchilarning qishloq хoʻjaligi faoliyatiga oid hisobot hujjatlari asosida takliflar ishlab chiqiladi.

 

Komissiya ishining natijalariga asosan degradatsiyaga uchragan qishloq хoʻjaligi yerlaridan keyinchalik foydalanish (qishloq хoʻjaligida foydalanishdan chiqarilmagan holda yerlarni tiklash, konservatsiya qilish, yerlarni boshqa toifaga oʻtkazish) boʻyicha tavsiyalar beriladi.

 

Konservatsiya qilish tadbirlarini oʻtkazishga oid хarajatlar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar, shuningdek egalik qiluvchining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2020 yildan kuchga kirdi

 

Lola Abduazimova.