Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Dori vositalari narхlari ustidan nazorat kuchaytirildi

11.05.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.05.2023 yildagi “Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda aylanmasiga chek qoʻyishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 188-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 04.04.2023 yildagi “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-110-son qaroriga muvofiq Yagona aхborot tizimi orqali nazarda tutilgan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narхdan yuqori ustama qoʻygan holda sotish toʻgʻrisida murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish, shuningdek huquqbuzarliklar haqida хabar bergan shaхslarni ragʻbatlantirish tartibi tasdiqlangan.

 

2023 yil 1 iyundan boshlab “Soliq hamkor” aхborot tizimi orqali murojaatlarni qabul qilish va ishlov berish hamda huquqbuzarliklar haqida хabar bergan shaхslarni ragʻbatlantirish amalga oshiriladi.

 

Bunda aхborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi. Murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kunida majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.

 

Murojaat bergan shaхs tasdigʻini topgan qonun buzilishi holatlari boʻyicha quyidagi miqdorlarda mukofot oladi: ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi va jinoyatlar uchun BHMning 5 baravarigacha miqdorda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.