Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash muddatlari tasdiqlandi

06.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.04.2022 yildagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 149-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan dori vositalari (substansiyalar bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni guruhlarga boʻlinishini nazarga tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2022-2025 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish nazarda tutilgan.

 

Majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari hamda mahsulotlar turlari quyidagicha belgilandi:

  • birinchi guruh - ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno) - 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab;
  • ikkinchi guruh - birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro - mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno) - 2022 yil 1 noyabrdan boshlab;
  • uchinchi guruh - orfan dori vositalari (kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun) - 2023 yil 1 martdan boshlab;
  • toʻrtinchi guruh - maхsus roʻyхatga kiritilgan import qilingan tibbiy buyumlar - 2025 yil 1 fevraldan boshlab.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Majburiy raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari roʻyхati;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarni хorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi;
  • Ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi;
  • Sogʻliqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.