Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil III chorak uchun 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) va 4-kb (savolnoma) shakllari boʻyicha kimlar statistika hisobotini topshirishi kerak Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish tartibi asosida pochta manzilini onlayn oʻzgartirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma Ishlanmagan vaqt uchun qaysi toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi – Buxgalter Pro Ishlanmagan vaqt uchun qaysi toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi – Buxgalter Pro

Dukkakli va moyli ekinlar urugʻlari sertifikatlashtiriladi

16.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.04.2024 yildagi 201-son qarori bilan Eksportga moʻljallangan va iste’mol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Sertifikat (Certificate for the export of sprouts or seeds intended for the production of sprouts for human consumption) iste’mol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlar eksporti uchun beriladi.

 

Iхtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi Oʻzbekiston bojхona hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlanmagan urugʻlarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Urugʻlarni sertifikatlashtirish ishlari Qishloq hoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, Nizom quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:

  • urugʻlarni yetishtirish, tozalash, zararsizlantirish tartibi va ularni sertifikatlashtirish shartlari;
  • Agentlikning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ariza berish va uni

koʻrib chiqish tartibi;

  • rasmiylashtirilgan sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2024 yildan kuchga kirdi.


 

Lola Abduazimova