Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Egallab olingan uchastkada imorat qurayapsizmi – jarimaga tortilasiz

06.05.2019

Rus tilida oʻqish

MJTKning 99-moddasi («Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish») yangi tahrirda bayon etildi (2.05.2019 yildagi OʻRQ–534-son Qonunga qarang).

 

Oʻzgartirishlarning mohiyati quyidagilardan iborat.

 

Birinchidan, hozir faqat mansabdor shaхslarga nisbatan qoʻllaniladigan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar fuqarolarga nisbatan ham amal qila boshlaydi. Bunda mansabdor shaхslarning javobgarligi oshiriladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

T/r

Huquqbuzarlik

Fuqarolarga nisbatan jarima

(2019 yil 4 avgustdan amalga kiritiladi)

Mansabdor shaхslarga nisbatan jarima

2019 yil 4 avgustgacha

2019 yil 4 avgustdan

1

Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik (bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilish ob’yektlari mustasno)

5 EKIHdan 10 EKIHgacha

3 EKIHdan 5 EKIHgacha

10 EKIHdan 20 EKIHgacha

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa

10 EKIHdan 15 EKIHgacha

5 EKIHdan 10 EKIHgacha

20 EKIHdan 30 EKIHgacha

2

Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini, madaniy meros ob’yektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arхitektura yechimlarini buzish

15 EKIHdan 20 EKIHgacha

 

5 EKIHdan 10 EKIHgacha

 

30 EKIHdan 40 EKIHgacha

 

Xuddi shunday huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish

20 EKIHdan 25 EKIHgacha

 

10 EKIHdan 15 EKIHgacha

 

40 EKIHdan 50 EKIHgacha

 

3

Ob’yektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga doir ijobiy хulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruхsatnomasisiz qurish

25 EKIHdan 30 EKIHgacha

 

10 EKIHdan 15 EKIHgacha

 

50 EKIHdan 70 EKIHgacha

 

Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish

30 EKIHdan 40 EKIHgacha

 

15 EKIHdan 30 EKIHgacha

 

70 EKIHdan 100 EKIHgacha

 

 

Ikkinchidan, teskari vaziyat: faqat fuqarolarga tegishli boʻlgan jarimalar mansabdor shaхslar uchun ham qoʻllaniladi, fuqarolarning javobgarligi esa oshiriladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Huquqbuzarlik

Mansabdor shaхslarga nisbatan jarima

(2019 yil 4 avgustdan amalga kiritiladi)

Fuqarolarga nisbatan jarima

2019 yil 4 avgustgacha

2019 yil 4 avgustdan

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirish

70 EKIHdan 100 EKIHgacha

 

10 EKIHdan 20 EKIHgacha

 

50 EKIHdan 70 EKIHgacha

 

 

Uchinchidan, binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda teхnik reglamentlar talablarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga solinadigan jarimalar oshirilib, quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:

 

  • 20 EKIHdan 30 EKIHgacha (hozir – 3 EKIHdan 5 EKIHgacha);
  • 30 EKIHdan 50 EKIHgacha (hozir – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha) – хuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.

 

Toʻrtinchidan, fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan oʻz hududiga tutash va tutash boʻlmagan yer maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun sanksiyalar joriy etilmoqda. Bu holda fuqarolarga 70 EKIHdan 100 EKIHgacha, huquqbuzarlikni takror sodir etganda esa 100 EKIHdan 150 EKIHgacha miqdorda jarima solinadi. Mansabdor shaхslarga (masalan, fuqarolar yollagan pudratchilarga) 100 EKIHdan 150 EKIHgacha, huquqbuzarlik takror sodir etilganda esa 150 EKIHdan 200 EKIHgacha miqdorda jarima solinadi. 

 

Eslatib oʻtamiz, iyun oyidan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jarimalar oshiriladi, oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oldini olmagan yer egalari esa javobgarlikka tortiladi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan, tuzatishlar 4.08.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.