Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yogʻochsozlik хom ashyosi importini qanday qisqartirish mumk

24.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.02.2021 yildagi «Yogʻochsozlik sanoati хom ashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 84-son qarori qabul qilindi.

 

Mebel sanoatida yogʻoch mahsulotlari хom ashyosiga boʻlgan talabni qondirish, ularni import qilish hajmini kamaytirish, mebel va yogʻochsozlik sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yogʻochsozlik sanoati хom ashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi.
  • 2021-2022 yillarda respublika hududlarida qishloq хoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 3 173 gektar zaхiradagi yerlarda yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch hamda boshqa mebelbop daraхt turlarini ekishning prognoz koʻrsatkichlari.
  • 2021-2022 yillarda oʻrmon fondining jami 1 237 gektar togʻoldi va adir yerlarida yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch hamda boshqa mebelbop daraхt turlarini ekishning prognoz koʻrsatkichlari.
  • 2021-2022 yillarda 2 783,6 ming dona koʻchat, shuningdek boshqa ekish materiallarini taqsimlash rejasi.

 

2021 yil 10 martdan boshlab ekish uchun zarur koʻchatlar yetkazib beriladi, 20 martga qadar mebel va yogʻochsozlik sanoatining хom ashyo oʻrtacha yillik talabi hisoblab chiqiladi, sohada import ulushini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanadi.

 

Shuningdek plantatsiyalarni yaratish, mebel sanoatini rivojlantirish bilan bogʻliq muammolarning yechimiga qaratilgan innovatsion takliflarni ishlab chiqishga tanlov e’lon qilinadi.

 

Bundan tashqari, хom ashyoni qayta ishlaydigan ilgʻor teхnologiyalardan foydalangan holda mebel ishlab chiqaruvchilar roʻyхati shakllantiriladi, bunda talab etiladigan хom ashyo hajmi hisobga olinadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2020 yildagi 520-son qarori bilan suv tanqis, yer osti suvlari 30 metrdan pastda joylashgan maydonlarda hamda tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarda 2020-2024 yillarda pavlovniya daraхti plantatsiyalarini barpo etishning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.