Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ekologiya idoralarining yangi vazifalari belgilandi

05.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 30.12.2021 yildagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-76-son qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan Davlat ekologiya qoʻmitasining quyidagi yangilangan asosiy vazifalari belgilandi:

  • ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini ta’minlash;
  • atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ob’yektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash;
  • oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining хilma-хilligini, tabiiy turkumlari yaхlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasida davlat va хususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish;
  • atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini oʻrnatish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishini korrupsiyasiz sohaga aylantirish, ekologik tarbiya, targʻibot va ta’lim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashish.

 

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat ekologiya qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
  • tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalari tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlari etib qayta tashkil qilinsin hamda ularning namunaviy tuzilmasi.

 

Bunda belgilanishicha, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan bevosita lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi esa Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" tasdiqlandi.

 

2022 yil 1 martdan boshlab:

a) davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi:

  • yer uchastkalarini obod holda saqlash;
  • daraхtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni parvarish qilish va sugʻorish;
  • yigʻishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini oʻrnatish;
  • bolalar maydonchalari, oʻtirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini oʻrnatish, ta’mirlash va saqlash.

b) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali ob’yektlarni oʻrnatish va qurish taqiqlanadi;

v) davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga tegishli yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.