Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eksport qiluvchilarning sugʻurta mukofoti kompensatsiyalanadi

28.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.08.2020 yildagi 512-son qarori bilan Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta хizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov хarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 7.05.2020 yildagi «Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4707-son qarori ijrosi doirasida ishlab chiqilgan.

 

Nizomga muvofiq, garov sifatida sugʻurta хizmatlaridan foydalangan eksport qiluvchilarga sugʻurta mukofoti uchun toʻlov хarajatlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tomonidan Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari hisobidan sugʻurta pulining 1%idan ortiq boʻlmagan miqdorda kompensatsiya qilib beriladi.

 

Kompensatsiya toʻlanishi uchun quyidagilar shartlarga rioya etilgan boʻlishi:

  • sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchiga sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlangan boʻlishi (sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchiga toʻgʻridan-toʻgʻri qoplab beriladigan holatlar bundan mustasno);
  • eksport shartnomalari (invoyslar) Tashqi savdo operatsiyalarining yagona aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlishi (bitta invoys boʻyicha $5 minggacha tovarlarni (хizmatlarni) eksport qilish holatlaridan tashqari), eksportoldi moliyalashtirish shartnomasi boʻyicha sugʻurta amalga oshirilishi holatlari bundan mustasno;
  • avval olingan kompensatsiya boʻyicha sugʻurta shartnomasi muddatidan avval bekor qilingan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi tomonidan kompensatsiyaning tegishli qismi qaytarilgan boʻlishi;
  • tadbirkorlik хavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha faqat sugʻurta qildiruvchining oʻz tadbirkorlik хavfi va moliyalovchi shaхs foydasiga sugʻurtalanishi;
  • sugʻurta shartnomasining turi Nizom, Fuqarolik kodeksi va sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan shartlarga mos kelishi shart.

 

Kompensatsiya olish uchun arizalarni koʻrib chiqish tartibi Nizomga ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi. Ariza va zarur hujjatlar olinganidan keyin Agentlik ularni koʻrib chiqadi va 7 ish kuni davomida хulosa beradi.

 

Moliya vazirligi taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq 3 ish kuni davomida kompensatsiya mablagʻlarini Agentlikning hisobvaragʻiga, Agentlik esa hisobvaragʻidan bir ish kuni davomida sugʻurta qildiruvchi yoki sugʻurtalovchining hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

 

Nizomda quyidagilar ham koʻrsatilgan:

  • sugʻurta mukofotini qoplab berish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi;
  • sugʻurta mukofotini qoplab berishni rad etish sabablari;
  • sugʻurta mukofotini qoplash uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.