Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi

Eksportyorlarga “yashil chiroq” berildi

22.06.2017


Prezident 21.06.2017 yildagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda OʻzA xabar beradi.

 

Mazkur farmonning qabul qilinishi ilgari e’lon qilingan edi. Batafsil – bu yerda.

 

1.07.2017 yildan shunday tartib joriy etilmoqdaki, unga koʻra:

 

birinchidan, tadbirkorlik sub’yektlariga yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari haqini oldindan 100 foiz toʻlash sharti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida eksport qilishga ruxsat etiladi;

 

Bu muhim! “Oʻzagroeksport” AJning bu sohadagi monopoliyasi bekor qilindi.

 

ikkinchidan, oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni xorijiy valyutaga ularning tannarxidan past narxlar boʻyicha mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining tashqi savdo tashkilotlari orqali eksport qiluvchi tashkilotlarga, Prezidentning 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-son qarori bilan tashkil etilgan Mahsulotlarni jahon bozorida haqiqiy vujudga kelgan, shu jumladan, tannarxidan past narxlar boʻyicha eksport qilish masalalarini koʻrib chiquvchi maxsus ekspert komissiyasi qarorlari asosida, soliq solish maqsadida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishdan olingan tushumlar miqdori tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;

 

uchinchidan,   oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlar uchun amalda boʻlgan imtiyozlar va preferensiyalar oʻzlari egasi boʻlgan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi;

toʻrtinchidan,   ilgari foydalanishda boʻlgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni ular tayyorlangan vaqtdan boshlab 5 yil oʻtgandan keyin eksport qilish Hukumatning qarorlarisiz amalga oshiriladi;

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari asbob-uskunalarni Hukumat qarorisiz eksport qilish uchun mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarning toʻliq eskirishi yoki ularni eksport qiluvchi korxona tomonidan sotib olinganiga 5 yil toʻlishi talab qilinar edi. Bunday oʻzgartirishlar Prezidentning 2005 yil 11 martdagi "Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-26-sonli qaroriga kiritildi. Bundan tashqari, bunday eksport faqat ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlmagan korxonalarga ruxsat berilardi. Bunda, ilgari boʻlgani kabi, Hukumatdan ruxsatnoma olish koʻrinishidagi eksportga cheklovlar qonun hujjatlarida belgilangan TN TIFning ayrim guruhlariga nisbatan amal qiladi.

 

beshinchidan, ishlab chiqariladigan va chetdan olib kiriladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatlarini berish muddati  3 ish kunigacha qisqartiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.