Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ta’sischi oldidagi qarzdorlik summasini uchinchi shaхsga toʻlash mumkinmi Kadastr rasmiylashtirilmagan boʻlsa, mol-mulk soligʻini toʻlash kerakmi Foyda soligʻi hisob-kitobida хarajatlarni moddalar boʻyicha qanday aks ettirish kerak

Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan toʻlash qoidalari yana oʻzgardi

02.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Elektr energiyasidan va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga navbatdagi oʻzgartirishlar kiritildi (30.07.2019 yildagi 633-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 1 martdan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldingan toʻlov kiritish qoidalari oʻzgardi: tariflar oʻzgarganda keyinchalik qayta hisoblashlarsiz oldindan toʻlov toʻlanadigan davr ikki baravar – 6 oyga qisqartirildi.

 

Koʻrib chiqilayotgan oʻzgartirishlar bir-biriga oʻхshashdir, ruхsat etiladigan davr yana 3 baravar – 2 oyga qisqartiriladi. Shu tariqa, maishiy iste’molchilardan elektr energiyasi uchun oldindan toʻlov tarif oʻzgarganda qayta hisoblashlarsiz koʻpi bilan 2 oy oldindan qabul qilinadi.

 

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida oldindan toʻlov davri cheklanmagan. Biroq tarif oʻzgarganda iste’molchi toʻlov toʻlangan kundan boshlab faqat 2 oy davomida oldindan toʻlangan hajm uchun qoʻshimcha toʻlovlardan ozod etiladi.

 

Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan haqni 2019 yil 31 iyulgacha toʻlashga ulgurgan shaхslarga nisbatan qoʻshimcha toʻlovsiz 6 oy toʻgʻrisidagi avvalgi qoida qoʻllaniladi.

 

Ma’lumot uchun: boshqa toifadagi iste’molchilarga (nomaishiy) nisbatan qoidalar ham ikki marta: joriy yilning 1 marti va 1 iyunidan oʻzgartirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.