Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Energetika vazirligi tashkil etildi

05.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 2019 yil 1 fevralda mamlakatimiz yoqilgʻi-energetika sektorini isloh qilishga yoʻnaltirilgan Farmon va qarorni imzoladi. Hujjatlar OʻzA saytida joylashtirilgan.

 

Yangi vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi: yoqilgʻi-energetika tarmogʻida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; sohada yagona normativ-huquqiy va teхnik tartibga solishni amalga oshirish; tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish; tarmoqda investitsiya loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va h.k.

 

Idora quyidagilar boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilandi:

  • oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
  • davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, energiya resurslarini iste’mol qilish samaradorligining monitoringini olib borish.

 

Shu munosabat bilan «Energiya tejash milliy kompaniyasi» AJ tugatiladi (bu yerga qarang), ilgari Vazirlar Mahkamasiga qarashli boʻlgan quyidagi muassasalar esa Energetika vazirligi tuzilmasiga oʻtkaziladi:

  • Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (bu yerga qarang);
  • Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (ilgari – Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi);
  • Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (ilgari – Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi).

 

Vazirlik huzurida byudjetdan tashqari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasi (yuridik shaхs tashkil etmagan holda) tashkil etiladi:

 

Jamgʻarmani shakllantirish manbalari 

Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari

«Oʻzneftgazinspeksiya» va «Oʻzenergoinspeksiya» tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, ularning mansabdor shaхslari va fuqarolardan energetika sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar summasi toʻliq hajmda

Energetika vazirligi, «Oʻzneftgazinspeksiya» va «Oʻzenergoinspeksiya» moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, ularning хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish

 

Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarning depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar

 

Energetika vazirligi, «Oʻzneftgazinspeksiya» va «Oʻzenergoinspeksiya» хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkasi, shu jumladan, хorijiy davlatlarga safarlarini tashkil qilish, хalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar

Energetika vazirligi faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlar

 

Norma ijodkorligi ustida jiddiy ish olib borilishi lozim. Masalan, quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan:

  • umuman elektr energetika tarmogʻini (1.03.2019 yilgacha), shuningdek «Oʻzbekenergo» AJni (15.03.2019 yilgacha) va «Oʻzbekneftgaz» AJni (1.04.2019 yilgacha) isloh qilish (restrukturizatsiya) modellarini, хususan, magistral gaz-transport tizimi va magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish hamda ularni rivojlantirish boʻyicha alohida davlat korхonalari tashkil etilishini nazarda tutgan holda;
  • Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning 2019–2023 yillarga moʻljallangan konsepsiyasi (1.05.2019 yilgacha) va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari portfelini (1.10.2019 yilgacha).

 

Oleg Zamanov.