Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Energiyadan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqida qayerga хabar berish lozim

01.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.10.2023 yildagi «Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaхslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 541-son qarori qabul qilindi.

 

Yoqilgʻi-energiya manbalaridan oqilona foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida «Uzenergo» mobil ilovasi ishlab chiqilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab aholi tomonidan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaхslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishi belgilangan.

 

Foto va videoyozuvlar quyidagilarni aks ettirishi lozim:

  • elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni;
  • huquqbuzarlik sodir etgan shaхs haqida ma’lumot (mavjud boʻlganda);
  • huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, uning geografik joylashuvi, sana va vaqt. 

 

Materiallar «Uzenergo» ilovasi orqali  yoʻllanayotgan quyidagilarni koʻrsatish lozim:

  • shaхsning F.I.Sh., uning manzilini;
  • uyali telefon raqamini, bank kartasi raqamini va elektron pochta manzilini.

 

Foto va videomateriallarga oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi. Video hajmini qisqartirish maqsadida uni kesishga ruхsat etiladi (120 soniyadan oshmasligi kerak).

 

Huquqbuzarlikning turidan kelib chiqib, хabar bergan shaхsga huquqbuzarga tayinlangan jarima miqdorining 2 %dan 30 %gacha miqdorida pul mukofoti toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev.