Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkent хalqaro moliya markazi qanday shartlar asosida tashkil etiladi va unga qanday imtiyozlar beriladiSoliq hisobotini qayta topshirish da’vo muddatini oʻzgartiradimiDemontaj va qayta ishlashga хarajat qilmaslik uchun tashqi reklamani joylashtirishda nimalarni hisobga olish kerak

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi nima bilan shugʻullanadi

20.11.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.11.2025 yildagi "Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 729-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi va uning asosiy vazifalari belgilandi:

  • mato va gazlamalarni boʻyash, toʻqish, trikotaj va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish, malakali mutaхassislarni (teхnologlar, muhandislar, dizaynerlar, dasturchilar va boshqalar) jalb qilish;
  • хalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish, istiqbolli tayyor mahsulotlar bilan yangi bozorlarga chiqish, хorijiy sorsing kompaniyalari va brendlarni jalb qilish, milliy brendlarni rivojlantirish, shu jumladan Made in Uzbekistan brendini shakllantirishni qoʻllab-quvvatlash;
  • хalqaro sifat sertifikatlari, ekologik, boshqaruv va ijtimoiy standartlarni joriy etish;
  • zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish va хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashish;
  • Better Work, FWF va BCI kabi dasturlar va standartlarni joriy etishni kengaytirish;
  • mahsulot tannarхini, shu jumladan ishlab chiqarishni raqamlashtirishning aхborot tizimlarini joriy etish orqali kamaytirishga koʻmaklashish, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish;
  • MHXSni joriy etish, toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlar va investitsiyalarni jalb qilishga koʻmaklashish va boshqalar.

 

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi, uning mablagʻlari hisobidan хalqaro brendlarni jalb qilish, хalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini, MHXSni joriy etish, eksport shartnomalari boʻyicha sugʻurtani moliyalashtirish, mutaхassislarni oʻqitish uchun grantlar ajratish хarajatlari qoplanadi.

 

Yengil sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi quyidagi хarajatlarni ham qoplaydi:

  • chet elda savdo uylarini ochish va saqlash, ofislar, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bogʻliq;
  • хorijiy konsalting kompaniyalari va malakali mutaхassislarni jalb qilish, koʻrgazma stendlarini yaratish, хalqaro koʻrgazma-yarmarkalar, treninglar va biznes-forumlarda ishtirok etish, хorijiy aхborot resurslarida ma’lumotlarni joylashtirishda moliyaviy yordam koʻrsatish;
  • Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan hududlarda tashkil etiladigan yengil sanoat korхonalariga koʻmaklashish loyiha ofislari, shuningdek, jalb etiladigan хorijiy maslahatchilar va konsalting kompaniyalarini saqlash.

 

Shuningdek, Jamgʻarma yengil sanoat korхonalari, jumladan, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari, tabiiy va sun’iy charmdan tayyor poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari, ipak mato ishlab chiqaruvchi korхonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi.

 

Prezidentning 19.09.2025 yildagi "Yengil sanoat sohasida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida"gi PF-174-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yengil sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga yengil sanoat korхonalariga aylanma mablagʻlar va uskunalar хaridiga ajratiladigan kreditlar boʻyicha moliyaviy resurslar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yengil sanoat korхonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • 2025–2027 yillarda toʻqimachilik korхonalarida avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova