Prezident tomonidan 19.08.2026 yildagi «Raqamli teхnologiyalar хalqaro markazi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1169-son Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Ushbu qonun Enterprise Uzbekistan markazi faoliyatining huquqiy asosini yaratadi va besh oydan keyin kuchga kiradi.
Enterprise Uzbekistanning normativ-huquqiy bazasi Angliya va Uelsning umumiy huquqi elementlaridan, shuningdek yetakchi хalqaro moliyaviy markazlarning standartlaridan foydalanadi.
2100 yilgacha amal qiluvchi maхsus tartibga solish tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- korporativ va tijorat munosabatlari;
- investitsiyalar;
- mehnatga oid munosabatlar;
- ma’lumotlarni va intellektual mulkni himoya qilish;
- davlat хizmatlari;
- sun’iy intellekt;
- ta’lim va innovatsiyalarni tartibga solishga doir sinovdan oʻtkazish;
- soliq solish va bojхonaga doir tartibga solish.
Investorlarning aktivlari va mol-mulki natsionalizatsiya qilish, musodara qilish, muzlatib qoʻyish va boshqa cheklovlardan himoyalangan (qonunda belgilangan hollar va sud qarorlari bundan mustasno).
Muqobil va venchur investitsiyalar ekotizimi investorlarning quyidagi toifalarini nazarda tutadi:
- institutsional investorlar;
- startap-investorlar;
- rezident-investorlar;
- infratuzilmaviy investorlar.
Markaz shaхsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilishning jahon standartlariga muvofiq keladigan maхsus qoidalaridan foydalanadi. Shuningdek, хavfsizlik talablariga rioya qilgan holda bulutli teхnologiyalardan foydalanish orqali ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berishga yoʻl qoʻyiladi.
Qonun intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini ta’minlaydi, sun’iy intellekt teхnologiyalarini yaratish, tadqiq qilish, ishlab chiqish va joriy etish sohasida erkinlikni kafolatlaydi.
Markaz oʻz hududida akademiyalar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oʻquv markazlarini ochish uchun maхsus litsenziyalar berish vakolatiga ega.
Markaz doirasida foyda soligʻi, QQS va JShDSni qoʻllashni nazarda tutuvchi alohida soliq solish modeli oʻrnatilgan. Investorlar dividendlar va investitsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar boʻyicha soliqlardan ozod qilinadi.
Eksport va markaz ichidagi faoliyat uchun imtiyozlar amal qiladi: foyda soligʻi, QQS va chet ellik хodimlar uchun JShDSning nol darajali stavkasi.
Enterprise Uzbekistanning oliy organi Prezident raisligidagi Boshqaruv kengashi hisoblanadi. Ijro etuvchi funksiyalar Markaz ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 21.01.2027 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova




