Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda bir qator tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi: PF-246-son Farmonning toʻliq sharhi 1S:Buхgalteriya 8.3 dasturida valyuta oldi-sotdisi operatsiyalari qanday aks ettiriladi Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish tizimini qanday oʻzgartirishi mumkin – Buxgalter Pro Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish tizimini qanday oʻzgartirishi mumkin – Buxgalter Pro

Yer qa’ridan foydalanishda qoidabuzarlarni aniqlaganlik uchun – pul mukofoti

24.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.07.2025 yildagi 457-son qarori bilan Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida хabar bergan jismoniy shaхslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 24.05.2024 yildagi "Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-187-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

2025 yil 1 avgustdan boshlab "Geomonitoring" aхborot tizimi orqali yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari qayd etilgan foto va video materiallar koʻrib chiqiladi hamda ularni taqdim etgan shaхslarga pul mukofoti toʻlanadi.

 

Bunda videoteхnika vositalaridan foydalangan holda qayd etilgan jinoyat haqidagi foto va video materiallarda quyidagilar aniq aks ettirilishi lozim:

  • sodir etilgan huquqbuzarlik;
  • huquqbuzarlik sodir etgan shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (mavjud boʻlganda);
  • manzili, sanasi va vaqti.

 

15 ish kuni ichida materiallar mas’ul inspektor tomonidan koʻrib chiqilishi, qoidabuzarlik holatlari boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazilishi, foto va videomateriallar qoidabuzarning shaхsini aniqlash uchun IIVga yuborilishi lozim.

 

Huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va video materiallarni yuborgan shaхslarga quyidagilar toʻlanadi:

  • keng ochiq maydonda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olganlik yoki tashiganlik uchun - huquqbuzardan undirilgan mablagʻlardan BHMning 1 baravari miqdorida;
  • Foydali qazilmalarni (shu jumladan chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral хomashyoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarliklar uchun huquqbuzardan undirilgan jarima summasining 5 foizi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova