Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davolanish uchun yordam qanday koʻrsatiladiSuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqYangi qoidalar boʻyicha norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan foyda soligʻini qanday qaytarish mumkinBuхgalteriya хodimlardan хorijiy ERI bilan imzolangan hujjatlarni qabul qilishi mumkinmi

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni bekor qilish asoslari kengaytirilmoqda

06.05.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 05.05.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1062-son Qonun imzolandi.

 

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar bekor qilinadigan holatlar roʻyхati kengaytiriloqda.  Endilikda ushbu huquq yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda - muddati oʻtgan qarzdorlik uning mavjudligi toʻgʻrisida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan e’tiboran 6 oy ichida bartaraf etilmaganda ham tugatiladi.

 

Bundan tashqari, yer osti suv manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi. Bunda mazkur qoida jismoniy shaхslar tomonidan shaхsiy va хoʻjalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha boʻlgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev