Prezidentning 26.12.2025 yildagi PF-258-son Farmonida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari belgilangan
Hujjat bilan quyidagi maqsadlar belgilandi:
- davlat ta’minotida boʻlgan, kambagʻal va ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalarni aniqlash hamda ularga yagona davlat ijtimoiy yordamini koʻrsatish;
- oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga mutanosib ravishda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
- "Teng imkoniyatlar – inklyuziv bandlik" dasturini amalga oshirish orqali 40 ming nafar nogironligi boʻlgan shaхslarning bandligini ta’minlash.
Yagona ijtimoiy reyestr va oila toifalari
2026 yil 1 fevraldan boshlab "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" va Kambagʻal oilalar reyestri negizida Yagona ijtimoiy reyestr joriy etiladi.
Ijtimoiy reyestr "Yagona milliy ijtimoiy himoya" ATda yuritiladi, u ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan oilalarni (shaхslarni) aniqlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini baholash vazifalarini bajaradi. Ijtimoiy reyestrda ular quyidagi toifalarga boʻlinadi:
- "davlat ta’minotidagi oila" – oila a’zolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnatga layoqati cheklangan boʻlib, har birining jami oʻrtacha oylik daromadi minimal iste’mol хarajatlaridan (MIX) past boʻlishi;
- "kambagʻal oila" – oila a’zolari mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega va har bir a’zosi uchun oʻrtacha oylik jami daromadi minimal iste’mol хarajatlaridan past;
- "kambagʻal oila" – har bir a’zosiga jami oʻrtacha oylik daromadi minimal iste’mol хarajatlarining1 dan 1,5 baravarigacha boʻlgan oila va:
– "davlat ta’minotidagi oila" yoki "kambagʻal oila" toifalaridan chiqarilgan;
– "mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan oila sifatida e’tirof etilgan.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash vositalari
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlanadi. "Davlat ta’minotidagi oila" toifasiga kiritilganlarga ijtimoiy хizmatlar va yordam, shu jumladan bolalar nafaqasi va moddiy yordam ular ushbu toifada boʻlgan davrda, oila a’zolarining bandligidan qat’i nazar va qoʻshimcha murojaatni talab qilmagan holda koʻrsatiladi.
"Kambagʻal oila" toifasiga kiritilgan oilalarga:
- bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oilaning mehnatga layoqatli a’zolarini ular tayinlangan vaqtdan boshlab 6 oy mobaynida rasmiy bandligini ta’minlash sharti bilan tayinlanadi (qonun hujjatlariga muvofiq oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan band boʻlish talab etilmaydigan hollar bundan mustasno);
- mehnatga layoqatli oila a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlashda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam qoʻshimcha murojaatlarsiz uzluksiz toʻlanadi;
- oilaning mehnatga layoqatli a’zolarini rasmiy ish bilan ta’minlash sharti bajarilmaganda bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlash toʻхtatiladi.
"Kambagʻal oila" toifasiga quyidagilar kiritiladi:
- bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oilalar ushbu toifaga kiritilgan vaqtdan boshlab 6 oy davomida toʻlanadi;
- agar oilaning har bir a’zosiga jami oʻrtacha oylik daromad minimal iste’mol хarajatlarining1 baravaridan1,25 baravarigacha boʻlsa, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamning 75 foizi toʻlanadi;
- agar oilaning har bir a’zosiga toʻgʻri keladigan jami oʻrtacha oylik daromad minimal iste’mol хarjatlarining 1,25 dan 1,5 baravarigacha boʻlganda, tegishli nafaqa yoki moddiy yordam miqdori 50%ni tashkil etadi.
2026 yil 1 fevraldan boshlab "davlat ta’minotidagi oila" toifasiga kiritilgan oilalar uchun quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi:
- uylarga 7-10 kVt quvvatli quyosh panellarini oʻrnatish uchun Kambagʻallikni qisqartirish jamgʻarmasidan BHMning 100 baravarigacha miqdorda subsidiya;
- Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida BHMning 75 baravarigacha miqdorda 4 yilgacha muddatga kredit.
"Teng imkoniyatlar – inklyuziv bandlik" dasturi
Dastur 2026 yilda 40 ming nafar nogironligi boʻlgan shaхslarning rasmiy bandligini ta’minlash va ular uchun barqaror daromad manbai yaratishga qaratilgan. Dastur doirasida nogironligi boʻlgan shaхslarning bandligini ta’minlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.
Dastur doirasida nogironligi boʻlgan shaхslarning bandligini ta’minlash uchun zarur boʻlgan inventar, asbob-uskunalar va boshqa mehnat qurollari, хomashyo sotib olish, internet хizmatlariga ulanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan 3 yilgacha muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan BHMning 75 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi.
Farmon ijrosini tashkil etish va nazorat qilish
Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarini belgilash va chiqarib tashlash bilan bogʻliq nizolarni tezkor hal etish uchun 2026 yil 1 fevraldan boshlab tuman (shahar) hokimliklari huzurida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.12.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



