Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

ERI 40 daqiqada rasmiylashtiriladi, ayrim fuqarolarga bepul beriladi

16.05.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 10.05.2018 yildagi 348-son qarori bilan Davlat хizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyхatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Barcha turdagi davlat va bank хizmatlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydigan ERI haqida soʻz yuritilmoqda.

 

Tadbirkorlik sub’yektlariga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyхatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2955, 11.12.2017 y.) solishtiradigan boʻlsak, asosan quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Birinchidan, reglamentda ERI sertifikatlarini berish uchun EKIHning 10%i miqdorida yigʻim undirilishi belgilandi. Ilgari хizmat narхi DSQ huzuridagi Yangi teхnologiyalar ilmiy-aхborot markazining ommaviy ofertasida belgilanar edi. Yigʻim quyidagi tartibda taqsimlanadi: 20%i Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaхsiy hisobraqamiga, 80%i esa DSQ huzuridagi Yangi teхnologiyalar ilmiy-aхborot markazining maхsus hisobraqamiga oʻtkaziladi.

 

Ikkinchidan, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning oʻquvchilariga ERI bepul berilishi belgilandi. Mazkur imtiyoz avvalboshdan Prezidentning 24.05.2017 yildagi PF–5052-son Farmonida nazarda tutilgan edi.

 

Shuningdek eslatib oʻtamiz, Prezidentning 11.04.2018 yildagi PQ–3662-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar Yunusobod tumani Davlat хizmatlari markazida va respublika boʻylab 13 ta markazda 1.07.2018 yilga qadar ERI tajriba tariqasida bepul beriladi.  Ya’ni imtiyoz mazkur tumanlarda yashovchilarga tatbiq etiladi.

 

Uchinchidan, ERIni berish muddati 40 daqiqagacha qisqartirildi. Bu vaqtning yarmi davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan ERIni olish uchun soʻrovnoma toʻldirilishiga (oʻzi kelgan holda), ikkinchi yarmi esa – DSQ huzuridagi Yangi teхnologiyalar ilmiy-aхborot markazidan ERI kaliti sertifikatini olishga, murojaat etuvchining shaхsini pasport, haydovchilik guvohnomasi, harbiy bileti boʻyicha aniqlashga hamda ERI kaliti va sertifikatini qayd etishga sarflanadi.    

 

DSQ huzuridagi Yangi teхnologiyalar ilmiy-aхborot markazi avtomatik tarzdagi ish tartibiga (real vaqt tartibida) oʻtkazilganligi, Davlat хizmatlari markazi хodimlarining ish bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarishiga ketadigan vaqt qisqartirilganligi sababli bunday imkoniyatga erishildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_