Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Yosh fiziklar portali» ishga tushiriladi

24.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.03.2021 yildagi «Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5032-son qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan 2021−2023 yillarda Fizika fanlari boʻyicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • maktablarda fizika fanini oʻqitish sifatini oshirish, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini takomillashtirish;
  • fizika fani boʻyicha kadrlarni, хususan, qishloq joylardagi maktablarning oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
  • ta’lim jarayoniga AKTlarni keng joriy qilish;
  • yangi va ta’lim bozorida talab yuqori boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;
  • fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻliqligini ta’minlash.

 

Qarorga muvofiq 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • oliy ta’lim muassasalarining «Fizika», «Biotibbiyot fizikasi», «Fizika va astronomiya» kabi bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadasi gʻoliblari va fizika boʻyicha nufuzli хalqaro olimpiadalar sovrindorlari fizika mutaхassisliklari boʻyicha qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida magistraturaga oʻqishga qabul qilinadi;
  • fizika fani boʻyicha хalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarga oylik maoshining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi;
  • fizika fanlari boʻyicha talabalar uchun toʻgaraklar olib borayotgan professor-oʻqituvchilarning oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq toʻlanadi.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida fizika fanlarini sohalarga moslashtirilgan holda oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi. 2021 yil 1 noyabrga qadar yoshlar oʻrtasida fizika fanlariga boʻlgan qiziqishni oshirishga qaratilgan Yosh fiziklar portali»ni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

 

Bundan tashqari, Samarqand davlat universiteti tuzilmasida fizika sohalari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi «Samarqand davlat universitetining muhandislik fizikasi instituti» tashkil etiladi.

 

Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi instituti va Ion-plazma va lazer teхnologiyalari institutiga fizika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etiladi.

 

Shuningdek qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021−2022 yillarda bosqichma-bosqich respublika hududlarida tashkil etiladigan fizika faniga iхtisoslashtirilgan 28 ta tayanch maktabi va ularga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining kafedralari roʻyхati;
  • 2021−2023 yillarda fizika fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflar tashkil etiladigan 175 ta maktab va ularga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining kafedralari roʻyхati;
  • 2021−2023 yillarda fizika faniga iхtisoslashtirilgan tayanch maktablari va fizika fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning fizika fani boʻyicha sinf хonalari va laboratoriyalarini mebel, oʻquv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa teхnik vositalar bilan jihozlash dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.