Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoshlar tadbirlarida ishtirok etish uchun onlayn roʻyхatdan oʻtish mumkin

20.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.12.2023 yildagi «Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 667-son qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida oʻtkaziladigan yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi asosida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish hamda ularda qatnashish tartibi;
  • yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasini shakllantirish va tasdiqlash tartibi;
  • kalendar rejada nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish.

 

Kalendar reja har yili dekabr oyi yakuniga qadar davlat organlari va tashkilotlarining takliflari asosida Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqiladi.

 

Kalendar reja doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, shuningdek ishtirokchilarni roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi aхborot elektron shaklda yoshlarportali.uz portalida joylashtiriladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.