Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yetim bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish “Mehr daftari” tizimi orqali amalga oshiriladi

20.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 26-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat  Prezidentning 09.08.2021 yildagi «Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PQ-5215-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidai mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • "Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom (2).

 

Nizomda (1) quyidagilar belgilangan:

  • unda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar. Ularga qoʻyidagilar kiradi:
    • "Mehr daftari" tizimi - yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga hamda jamiyatga ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, ularni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarni ragʻbatlantirish, shuningdek bolalarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlish sabablarini har tomonlama oʻrganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan tizim;
    • "Mehr daftari" - yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish maqsadida ular haqidagi ma’lumotlarni kiritish, idoralararo ma’lumotlar almashishni tashkil etish hamda "Mehr daftari" tizimi boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning samaradorligini monitoring qilish imkonini beruvchi elektron platforma;
    • Mehr daftari" jamgʻarmasi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida tashkil etiladigan "Mehr daftari" tizimiga kiritilgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
  • "Mehr daftari"ni shakllantirish va amalga oshirish. Oʻquv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shu’balari "Mehr daftari"ni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi;
  • "Mehr daftari"dan chiqarish va unga oʻzgartirish kiritish. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar 25 yoshga toʻlganda tegishli tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shu’basi tomonidan tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq "Mehr daftari"dan chiqariladi;
  • "Mehr daftari" tizimida hisobot. Oʻquv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shu’basi "Mehr daftari"dagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning toʻliq aks ettirib borilishini ta’minlaydi hamda ularning haqqoniyligi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi.

 

Nizom (2) "Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish va nazorat qilish tartibini belgilaydi

 

"Mehr daftari" jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari:

  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo, tabiiy vino hamda import qilinadigan alkogol mahsulotlari bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar;
  • homiylik mablagʻlari;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

«Mehr daftari» jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’uliyat uning vasiylik kengashiga yuklanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.01.2022 yildan kuchga kirdi.


Saodat Usmanova.