Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Yetim qizlar uy-joy bilan ta’minlanadi

24.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.11.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-24-son Farmoni qabul qilindi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan:

  • 2021 yilda uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar, shu jumladan хotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun uy-joylarni sotib olish parametrlarining yangi tahriri tasdiqlandi (Prezidentning 11.03.2021 yildagi PF-6186-son Farmoniga 5-ilova). Xususan, har bir hudud kesimida sotib olinadigan kvartiralar soni oʻzgardi. Bunda ularning umumiy soni oʻzgarishsiz qoldi va 1 mingtani tashkil etadi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan uy-joy bilan ta’minlash normasi (Prezidentning 05.03.2021 yildagi PF-5020-son Farmonining 6-bandi “a” kichik bandi 3-хatboshi) ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaхslar qaramogʻida boʻlgan (ilgari - otasidan ayrilgan, yolgʻiz onasi qaramogʻida boʻlgan uy-joyga muhtoj) qizlarga ham tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.