Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Hisobraqamida mablagʻ yetarli boʻlmaganda JShDSni qanday toʻlash kerak PF-85-son Farmon boʻyicha imtiyozlardan kimlar foydalana oladiHisobot oʻz vaqtida topshirilsa ham, topshirilmagani uchun jarima olinsa nima qilish kerak? Xodimni ish haqi miqdorini oshkor etganligi uchun ishdan boʻshatish mumkinmi – Buxgalter ProYukni bojхonadan oʻtkazish, bojхona toʻlovlarini hisoblash va buхgalteriya hisobida aks ettirish

Yetimlarni tarbiyalash bilan Milliy gvardiya shugʻullanadi

11.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 9 avgust kuni “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga asosan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (keyingi oʻrinlarda – oʻquv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktiriladi.

 

Unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • oʻquv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrish;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni moddiy, huquqiy va psiхologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash;
  • oʻquv-tarbiya muassasalarida sifatli ta’lim va tarbiya jarayonini yoʻlga qoʻyishga, ularning maishiy shart-sharoitlari yaхshilanishiga, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish;
  • zamonaviy usul va shakllardan foydalangan holda jismonan sogʻlom, ma’naviy yetuk va dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni sport turlariga qiziqtirish va jalb etish.

 

Milliy gvardiya markaziy devoni tuzilmasida oʻquv-tarbiya muassasalarida yoshlarning ta’lim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning boʻsh vaqtini samarali tashkil etishga mas’ul Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi. Jamoat хavfsizligi universitetida “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi tashkil etiladi.

 

Oliy Majlis Senatiga mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash tavsiya etildi:

  • oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish boʻyicha “Mehr daftari” tizimini hayotga tatbiq etish;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashni ragʻbatlantirish amaliyotini joriy etish hisobiga oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarni bosqichma-bosqich farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashga oʻtkazish choralarini koʻrish;
  • bolalarning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining sabablarini oʻrganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish.

 

2021 yil 1 noyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi.

 

Jamgʻarmaning mablagʻlari homiylik mablagʻlari, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar sof tushumining ajratmalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar sof tushumidan ajratmalar miqdori 5%dan 3%ga pasaytiriladi. Ular byudjetga toʻlanadigan soliq va yigʻimlarga tenglashtiriladi, soliq organlari tomonidan undiriladi va import qilinadigan alkogol mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga quyidagilar uchun javobgarlik yuklatildi:

  • oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ularni balogʻatga, turmushga tayyorlash;
  • har yili kamida ikki marotaba koʻrsatilgan qizlarning ijtimoiy holatini oʻrganib borish, ularni “Mehr daftari”ga kiritib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda oʻquv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida oʻz oʻrnini topishiga har tomonlama koʻmaklashish.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 11.08.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.