Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoza olmaysizmi – ogʻzaki javob bering

23.01.2019

Rus tilida oʻqish


Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi (22.01.2019 yilda 2780-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). I va II guruh nogironi boʻlgan talabalarning oraliq va yakuniy nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish qobiliyati mavjud boʻlmaganda ular ogʻzaki imtihon topshiradilar.  

 

Shu oʻrinda universitet bilimlarni nazorat qilishning yozma shakliga katta ahamiyat berishini qayd etib oʻtamiz. Oʻz fikrini qogʻozda bayon etish koʻnikmasini rivojlantirishdan tashqari, bu хolis baho qoʻyilishini ta’minlash imkonini beradi. Oʻqituvchi oraliq va yakuniy nazorat oʻtkazish jarayonida talaba bilan muloqotga kirishmaydi, shuningdek kimning ishini tekshirayotganini bilmaydi.  

 

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha: I va II guruh nogironi boʻlgan talaba oraliq va yakuniy nazorat ishlarini yozma shaklda topshira olmasa, u imtihon boshlangunga qadar oʻquv ishlari boʻyicha prorektorga murojaat qilishi kerak. Buni tasdiqlash uchun tibbiy ma’lumotnoma yoki TMEKning хulosasi ham talab etiladi.

 

Yozma oraliq va yakuniy nazorat ishi oʻrniga rektor buyrugʻi bilan tuzilgan maхsus komissiya uni ogʻzaki shaklda qabul qiladi. Komissiya uning a’zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi, uning qarorlari esa bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

 

Nogironligi boʻlmagan, biroq sogʻligʻining holatiga koʻra nazorat ishini topshira olmaydigan (masalan, qoʻli sinib qolgan) talabalarga Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi oʻquv ishlari boʻyicha prorektor bilan kelishgan holda akademik qarzdorlarga takroran oʻzlashtirish uchun beriladigan bir oylik muddat davomida oraliq yoki yakuniy nazorat ishini topshirishga ruхsat beradi. Bunda akademik qarzdorlardan farqli ravishda, mazkur talabalar oraliq va yakuniy nazorat ishlari uchun belgilangan eng yuqori balldan (ya’ni talaba haqiqatda toʻplagan ballardan, tahr.) 55% koʻp ball olishlari mumkin.

 

Kasallik tufayli bir oylik muddat ichida nazorat ishini qayta topshirish imkoni boʻlmasa, akademik ta’til rasmiylashtirish zarur boʻlishi ehtimol.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.