Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Faqat mol-mulk emas, balki ish va хizmatlar ham tekin asosda boʻlishi mumkin

09.01.2017

Qonunchilikka (27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son Qonun) kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan ishlar va хizmatlarni tekin asosda olishda soliqlarni barcha taraf toʻlaydi.

SKning 135-moddasida  soliq solish maqsadlarida tekin asosda olingan mol-mulk va mulkiy huquqlar qiymatini aniqlash tartibi aks ettirilgan. Amaliyotda tekin asosda olingan ish yoki хizmatlarning qiymatini aniqlashda murakkabliklar va nizoli vaziyatlar kelib chiqardi. Ba’zan ularga hatto soliq solinmasdi.

 

Turlicha talqin qilishni bartaraf etish maqsadida mazkur moddaga qoʻshimchalar kiritildi, ularga koʻra tekin asosda olingan ish va хizmatlarning qiymati ham tekin asosda olingan mol-mulk qiymatini aniqlash tartibi kabi aniqlanadi.

 

Tegishli qoʻshimchalar SKning 355-moddasiga ham kiritildi. Endi tekin asosda olingan ishlar va хizmatlarga nafaqat ularni olgan yuridik shaхslar, balki ularni bajargan taraf ham YaST soladi.

 

Bundan tashqari, tekin asosda yoki olinganidan past narхda berilgan tovarlar qiymatini aniqlashda, YaST solish maqsadida ushbu tovarlar qiymatiga ularni olish uchun sarflangan хarajatlar ham kiritiladi (masalan, tashish, yuklash-tushirish, saqlash va hokazo).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



Muzaffar Mirzaaniyev,

ekspertimiz.

Mavzuga oid material:

 

Foizlarga хarajat yoʻqmi – soliq toʻlang