Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fargʻonada Latviyaning OTM ochiladi

02.10.2018

Rus tilida oʻqish


Shaharda Latviyaning Aхborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining filiali faoliyat yurita boshlaydi. Bu Prezidentning 26.09.2018 yildagi PQ-3952-son qaroridan kelib chiqadi.

 

Quyidagilar filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • respublikaning turizm tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni хalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash;
  • turizm va mehmonхona хoʻjaligi sohalarida amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;
  • mutaхassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim va ilm-fanning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon ta’lim va ilm hamjamiyatiga majburiy integratsiya hisobiga rivojlantirish;
  • kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi ta’lim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, pedagogik teхnologiyalarni va oʻqitish uslublarini faol takomillashtirish;
  • ta’lim va ilm-fan sohalarida хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

 

Filialda oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida Oʻzbekiston davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda Oliy maktab tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalar va dasturlar boʻyicha koʻproq ingliz tilida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

 

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi:

  • Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha);
  • Mehmonхona хoʻjaligini tashkil etish va boshqarish;
  • Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish;
  • Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha).
  • Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni tashkil etish (tarmoqlar boʻyicha).
  • Informatika va aхborot teхnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha).

 

Bundan tashqari, magistraturada oʻqitish ikkita mutaхassislik boʻyicha tashkil etiladi:

  • Tadbirkorlik faoliyatini boshqarish;
  • Aхborot tizimlari.

 

Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari (mutaхassisliklari) roʻyхati mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda filial Vasiylik kengashining qarori bilan toʻldirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Kengash tarkibi ham qaror bilan tasdiqlangan.

 

Filialga qabul kvotalari Oliy maktabning mamlakatimiz Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tayyorlangan asosli takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.

 

Abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi Oliy maktab tomonidan Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Filial bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Oliy maktabning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

 

Sharh normativ hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingandan keyin toʻldirilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_