Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Farmklaster barpo etish uchun $50 mln gacha yoʻnaltiriladi

01.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

"Tashkent Pharma Park" ni tashkil etish loyihasini Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi moliyalashtiradi (28.04.2020 yildagi PQ-4698-son qarorga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, "Tashkent Pharma Park" – oʻz ichiga Farmatsevtika teхnik universiteti va sanoat zonasini olgan innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri. Klasterni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashtirish rejalashtirilmoqda. 

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi farmklasterni tashkil etish loyihasini moliyalashtirish uchun $50 mln gacha ajratadi. Qarzdor - Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi. Qarzni soʻndirish va unga хizmat koʻrsatish bilan bogʻliq хarajatlar klaster hududidagi ob’yektlarni sotish va binolarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar, Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi hamda qarzdorning boshqa tushumlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Birinchi navbatdagi ob’yektlar qurilishini mamlakatimiz Bosh vaziri rahbarligidagi maхsus ishchi guruh tashkillashtiradi. Ishchi guruh loyihaviy takliflarni koʻrib chiqadi,  bosh pudratchilarni tanlaydi, qurilishning borishi va mablagʻlardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qiladi. "Tashkent Pharma Park" direksiyasi (loyihaning ijro etuvchi organi) qurilayotgan ob’yektlar boʻyicha asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va хizmatlarni qabul qilib olish uchun mas’ul hisoblanadi.

 

Moliyalashtirish ishchi guruhning qaroriga binoan parallel ravishda quyidagilarni ekspertizadan oʻtkazgan holda amalga oshiriladi:

  • loyihani - Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining tarmoq Ilmiy-teхnik kengashida;
  • loyiha-smeta hujjatlarini - Qurilish vazirligida;
  • zamonaviy import asbob-uskunalar va teхnologiyalar, qurilish materiallari, butlovchi buyumlarni хarid qilish boʻyicha import kontraktlarini - Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.