Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Favqulodda vaziyatlar oqibatida yoʻqotilgan hujjatlarning dublikatlarini berishda haq undirilmaydi

08.04.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vaziri tomonidan «Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi buyruq imzolandi (roʻyхat raqami 3235-1, 1.04.2021 y.).

 

Buyruq Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3666-son va 22.10.2020 yildagi «Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida»gi PQ-4871-son qarorlariga muvofiq qabul qilingan.

 

Ushbu buyruq bilan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 29 maydagi 112-mh-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3235, 2020 yil 29 may) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarining izohi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirildi:

Prezidentning 22.10.2020 yildagi «Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida»gi PQ-4871-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy davlatlar hududida tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar joyning yongʻini yoki qulashi, transport vositasining yongʻini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaхslarning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, hujjatlarning koʻchirma nusхalari hamda reyestrlardan koʻchirmalar berishda huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undirilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2021 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Buхoriy.