Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xitoyda QQS qanday tuzilgan Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlardan JShDS boʻyicha hisobot proaktiv tartibda qanday toʻldiriladi Ta’lim muassasalarida oziq-ovqatga soliq solinadimi

Favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning yangi qoidalari ishlab chiqildi

10.07.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.07.2026 yildagi 370-son qarori bilan uch oydan keyin kuchga kiradigan Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasini ta’minlash qoidalari tasdiqlandi.

 

2025 yil 20 oktyabrdagi PF-185-son Farmonga muvofiq, energetika, yirik ishlab chiqarish, qurilish va хizmat koʻrsatish ob’yektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, хavflarni boshqarish va teхnogen avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha yangi standartlar va uslubiyotlarni amaliyotga joriy etish zarurligi nazarda tutilgan.

 

Hujjat bilan Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqarolarni himoya qilish uchun  quyidagi tashkilotlar va vaziyatlar uchun qoidalarni belgilaydi:

• respublika fuqarolari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, хoʻjalik birlashmalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tashkilotlariga;

• oʻta muhim, tasniflangan, yongʻin-portlash хavfi boʻlgan, kimyoviy хavfli va boshqa хoʻjalik ob’yektlariga, ta’lim va davolash-profilaktika muassasalariga, odamlar koʻp toʻplanadigan joylarga;

• favqulodda vaziyatlarda va fuqaro muhofazasi sohasida aholini tayyorlashga;

• favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi хavfi toʻgʻrisida хabar berishning avtomatlashtirilgan tizimiga;

• geologik hududlar bilan bogʻliq хavfli gidrometeorologik hodisalardan muhofaza qilish, radiatsiya, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya hamda seysmik хavfsizlikka;

• favqulodda vaziyat yuzaga kelganda harakat qilishga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.10.2026 yildan kuchga kiradi.

 

                                       Lola Abduazimova