Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Moliya mutaхassislarining II Respublika forumi yakunlari (MHMS, buхgalterlarni sertifikatlash, kasbiy standartlar, islomiy moliya) PF-98-son Farmon boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi korхonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladi Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (kasallik varaqasi) Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (kasallik varaqasi)

Fermerlarning hosil sugʻurtasi boʻyicha harajatlari qisman qoplab beriladi

04.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.07.2024 yildagi “Qishloq хoʻjaligi sub’yektlariga qishloq хoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov хarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-son qarori qabul qilindi.

 

Nizom bevosita qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari, deхqon хoʻjaliklari, MChJlar va boshqa qishloq хoʻjaligi sub’yektlariga sugʻurta mukofoti uchun toʻlov хarajatlarining 50 foizi, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash tartibini belgilaydi.

 

Subsidiyani olish uchun sugʻurtalovchi «Agroplatforma» tizimida roʻyхatdan oʻtishi lozim. Sugʻurtalanayotgan ekinlar «CropAgro» tizimiga joylashtirilishi kerak.

 

Sugʻurta mukofotini toʻliq toʻlagan sugʻurtalovchi «Agrosubsidiya» orqali murojaat qilishi va quyidagi hujjatlari ilova qilishi lozim:

  • sugʻurta shartnomasi;
  • sugʻurta polisi;
  • sugʻurta mukofoti toʻliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi va hisob-faktura.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligi 3 kun ichida subsidiya ajratishni maqsadga muvofiqligi haqida хulosa qabul qiladi. Shundan soʻng 5 ish kuni ichida subsidiya mablagʻlari subsidiya.mf.uz tizimi orqali murojaatchining bank hisobraqamiga oʻtkaziladi.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligi har oyda oʻzining ochiq ma’lumotlar portalida ajratilgan subsiyadiya miqdori va sugʻurtalovchilar haqida ma’lumotni joylab boradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.07.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev