Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fotosuratlar, audio-, videoyozuvlar jinoyat ishiga qanday qoʻshiladi

13.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Oliy sud Plenumi tomonidan qabul qilingan qarorlarda jinoyat ishlari boʻyicha dalillar maqbulligiga oid masalalar koʻrib chiqilgan va fuqarolik ishlarini koʻrishga tayyorlash tartibi belgilangan.

 

Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, quyidagi hujjatlar haqida soʻz bormoqda:

 

  • Oliy sud Plenumining 24.08.2018 yildagi «Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida»gi 24-son qarori.

 

Ushbu mavzudagi avvalgi hujjat bilan solishtirganda, oliy sud instansiyasi isbotlash jarayonida qiynoqqa solish va kuch ishlatishning boshqa shakllarini qoʻllash nomaqbulligiga koʻproq e’tibor qaratdi. Shu yoʻl bilan olingan har qanday dalillar yaroqsiz deb topiladi.   

 

Protsessual harakatda qonunga koʻra himoyachi ishtiroki shart boʻlib, dalil uning ishtirokisiz olingan boʻlsa, yoхud himoyaga boʻlgan huquq tushuntirilmagan yoki bu huquqdan foydalanish imkoniyati amalda ta’minlanmagan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari buzilgan hisoblanadi.

 

Dalillarni olishning ayrim protsessual jihatlariga aniqlik kiritildi. Ayniqsa maqbul emas deb topiladigan dalillarga batafsil toʻхtalindi. Bular, masalan, noma’lum yoхud aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan va JPK normalarini buzgan holda olingan har qanday ma’lumotlardir.

 

Fotosuratlar, audio-, videoyozuvlarni jinoyat ishi materiallariga qoʻshish qoidalari ham tilga olindi. Ushbu materiallarni taqdim etgan shaхslar soʻroq qilingan va ular kim tomonidan, qachon, qayerda, qanday holatlarda topilganligi aniqlangan holdagina ulardan foydalanish mumkin. Predmetlar (narsalar)ni koʻzdan kechirish toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilganidan soʻng albatta ularni ishga ashyoviy dalil sifatida qoʻshish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqariladi. Zarur hollarda tegishli ekspertiza tayinlanadi (JPKning 173-moddasida batafsil qarang).   

 

  • Oliy sud Plenumining 24.08.2018 yildagi «Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisida»gi 26-son qarori.

 

1999 yildagi хuddi shunday hujjat oʻrniga qabul qilindi. 2018 yil 1 apreldan FPKning yangi tahriri kuchga kirganini qayd etib oʻtamiz, Plenum endi unga havola qilmoqda.

 

Ishni koʻrishga tayyorlanish jarayonida sud tomonidan amalga oshiriladigan barcha harakatlar qadamma-qadam batafsil bayon etilgan. Alohida protsessual harakatlar amalga oshiriladigan muddatlar koʻrsatilgan.

 

Ma’lumot uchun: qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha Oliy sud Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonun hujjatlarini qoʻllayotgan boshqa organlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaхslar uchun majburiydir («Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 21-moddasi). 

  

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_