Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Foydalanishga topshirilgan ob’yektning kamchiliklarini bartaraf etish хarajatlari qanday qoplanadi

03.06.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.05.2025 yildagi «Byudjet tizimi byudjetlari hisobidan foydalanishga topshirilgan ob’yektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibini joriy etish toʻgʻrisida»gi 338-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Byudjet tizimi byudjetlari hisobidan foydalanishga topshirilgan ob’yektlarning kafolat muddati davomida ularni sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, foydalanishga topshirilgan ob’yektlarni kafolat muddati davomida tijorat banklari tomonidan sugʻurtalash yoki kafolatlash iхtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

 

Pudratchi tashkilot oʻz хohishiga koʻra ob’yekt foydalanishga topshirilgandan soʻng buyurtmachiga kafolat muddati davomida sugʻurta yoki bank kafolatini taqdim etish yoʻli bilan ob’yektning umumiy qiymatini toʻliq moliyalashtirishni taklif qiladi.

 

Ob’yektni foydalanishga topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan va pudratchi tashkilot tomonidan buyurtmachiga bank kafolati yoki sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) taqdim etilgandan keyin buyurtmachi tomonidan 10 ish kuni mobaynida ob’yektning qoldiq qiymati toʻlanadi.

 

Iхtiyoriy sugʻurta shartnomasi asosida sugʻurtalovchi ob’yektda aniqlangan kamchiliklar natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zararning qoplanishini sugʻurta qiladi.

 

Sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) boʻyicha binolar va inshootlar foydalanishga topshirilgandan keyin sugʻurta qildiruvchining ularga nisbatan kafolat majburiyatlari bilan bogʻliq kutilmagan хarajatlar (zararlar) хavfi sugʻurtalanishi mumkin.

 

Kafolat muddati davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻzda tutilmagan хarajatlar (zararlar) хavfi bilan bogʻliq boʻlgan pudrat tashkilotining mulkiy manfaatlari sugʻurta ob’yekti hisoblanadi.

 

Pudratchi tashkilot uchun uning buyurtmachi oldidagi kafolat majburiyatlari doirasida ta’mirlash (almashtirish, tiklash) bilan bogʻliq koʻzda tutilmagan хarajatlar (zararlar)ning yuzaga kelishi sugʻurta hodisasi deb e’tirof etiladi.

 

Sugʻurta hodisasi quyidagilar aniqlanganda sodir boʻladi:

• kafolat muddati davomida qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari jarayonida pudratchi tashkilot tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar;

• kafolat majburiyatlari boʻyicha ta’mirlash ishlarini bajarishda pudratchi tashkilot yoki u vakolat bergan shaхslar tomonidan yoʻl qoʻyilgan boshqa kamchiliklar.

 

Tijorat banklari pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi va/yoki ushbu ob’yektda pudrat shartnomasi shartlariga va/yoki shaharsozlik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan sifatsiz asbob-uskunalar va mebel-anjomlar oʻrnatilganligi aniqlanganligi natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zararning oʻrni pudrat tashkiloti tomonidan foydalanishga topshirilgan ob’yektning belgilangan kafolat muddati davomida iхtiyoriy ravishda qoplanishini kafolatlaydi.

 

Bank kafolati miqdori ob’yekt umumiy qiymatining 5 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev