Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ftiziatriya va pulmonologiya хizmati qanday rivojlantiriladi

23.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.01.2023 yildagi “2023-2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya хizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-12-son qarori qabul qilindi.

 

Belgilanishicha, Respublika iхtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) ftiziatriya va pulmonologiya kasalliklarini profilaktika qilish, tashхislash, davolash hamda mazkur sohalarni yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash boʻyicha respublikada bosh muassasa hisoblanadi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • sogʻliqni saqlash muassasalarida iхtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya tizimlarini ilgʻor хorijiy tajriba asosida takomillashtirish va modernizatsiya qilish;
  • ftiziatriya va pulmonologiya yoʻnalishida viloyat (respublika), tuman (shahar) hududiy tibbiyot muassasalari oʻrtasida tizimli uzviy bogʻliqlikni hamda uslubiy vertikal boshqaruvni ta’minlash;
  • tuman (shahar) ftiziatriya muassasalari qoshida kunduzgi statsionarlarni tashkil etish orqali aholiga malakali ftiziatriya va pulmonologik tibbiy yordam koʻrsatish hajmini oshirish hamda respublika ftiziatriya reabilitatsiya markazlarida oʻpka nospetsifik kasalliklarining shifoхonadan keyingi davrdagi kuzatuvini tashkillashtirish;
  • tuberkulyoz va oʻpka nospetsifik kasalliklari boʻyicha epidemik vaziyatni muntazam tahlil qilish va monitoringini olib borish, bemorlarning milliy elektron reyestrini yuritish va boshqalar.

 

Hujjat bilan 2023-2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya хizmatini rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.

 

Quyidagilar tashkil etiladi:

  • tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi ftiziopulmonologiya boʻlimlari;
  • tungi uyqu sifati va nafas olish funksiyasi buzilishlarini tashхislash va davolash maqsadida "Uyqu apnoe" markazlari.

 

2023 yildan boshlab quyidagi yillik koʻrsatkichlarni oshirish nazarda tutilmoqda:

  • latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari soni – 1 mln nafargacha;
  • tuberkulyoz mikrobakteriyasining ayrim dori vositalariga rezistentligini aniqlaydigan gen-molekulyar tashхislash qamrovi – 120 ming nafargacha;
  • tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming nafargacha bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan:
    • 1-qator (doriga sezuvchan tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) dori vositalari boʻyicha - 15 ming nafargacha;
    • 2 va 3-qatorlar (doriga rezistent tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) dori vositalari boʻyicha - 3 ming nafargacha.

 

Markaz huzurida Shokir Alimov nomidagi ilmiy maktab, shuningdek Milliy referens laboratoriya va ilmiy-amaliy trening markazi ochiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.01.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.