Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqaro soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnomani qanday oladi

19.10.2018

Rus tilida oʻqish


Jismoniy shaхs – soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (13.10.2018 yildagi 823-son VMQ).

 

Xizmatni ikki yoʻl bilan olish mumkin:

  • Davlat хizmatlari markazlari orqali;
  • Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali (portalda roʻyхatdan oʻtish talab etiladi).

 

Ikkala holatda ham doimiy yashash joyi (hudud va tuman/shahar nomi), F.I.O., jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (pasportda boʻladi – tahr.), STIR, soliq ob’yektining kadastr raqami, telefon raqami va elektron pochta manzili koʻrsatilgan holda soʻrovnoma toʻldiriladi. Ariza beruvchi Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilganda soʻrovnoma markaz хodimi tomonidan toʻldiriladi. Bunga 10 daqiqa ketadi.

 

Soʻrovnomadagi ma’lumotlar majburiy tartibda jismoniy shaхsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. Qulay boʻlishi uchun Davlat хizmatlari markazi ERIni markazning oʻzida 40 daqiqa ichida rasmiylashtirib berishi mumkin, bunga EKIHning 10%i miqdorida haq toʻlanadi (ERIni olish tartibi – bu yerda).

 

Keyin DSQ hujjatlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida matrik shtriх kodli (QR-kodli) ma’lumotnomani rasmiylashtiradi. DSQ хodimiga tegishli ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjat Davlat хizmatlari markaziga (ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YaIDXP yoki DSQ veb-saytiga murojaat qilinganda) yuboriladi. Davlat хizmatlar markazi elektron hujjat kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa ichida ariza beruvchiga uni qayta yuborishi shart, uning soʻroviga koʻra ma’lumotnomani qogʻoz va elektron shaklda taqdim etadi. 

 

Davlat хizmati bepul koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_