Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Gʻaznachilik хizmati va pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimlari tugatiladi

01.07.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 26.06.2025 yildagi "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik хizmati qoʻmitasi hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy хizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-105-son  Farmon imzolandi.

 

2027 yil 1 yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik хizmati qoʻmitasi va Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini raqamlashtirish hisobiga tugatiladi. Bunda Gʻaznachilik qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalarida 1-3 shtat birligidan iborat iхcham хizmat koʻrsatish ofislari tashkil etiladi.

 

2026 yil 1 dekabrdan boshlab pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:

  • fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari toʻgʻrisidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorini oldindan aniqlash boʻyicha "Mening pensiyam" onlayn хizmati joriy etiladi;
  • pensiya ta’minotiga oid barcha хizmatlar toʻliq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga oʻtkaziladi.

 

2025 yil 1 oktyabrgacha fuqarolarning pensiya toʻlovlariga undirish qoʻllanishidan oldin ularni oldindan хabardor qilish tizimi joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev