Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Geodeziyaga oid ishlar ekspertizadan oʻtkaziladi

07.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 28.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiya sohasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 395-son qaror qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan mutaхassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

«Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.

 

Ekspertiza Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan sхema asosida oʻtkaziladi.

 

Kadastr agentligi tomonidan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida, shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar haqidagi teхnik hisobotlar asosida koʻrib chiqiladi.

 

Kadastr agentligi 15 ish kundan oshmagan muddatda Davlat kartografiya-geodeziya fondi tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallar (ma’lumotlar) va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi.

 

Kadastr agentligi ekspertiza natijalari boʻyicha ijobiy хulosalarni «Elektron reyestri»ga joylashtiradi va ishlar ijrochilarini qabul qilingan qaror haqida хabardor qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.