Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalqaro obligatsiyalar: tushuncha va oʻziga хosliklar

05.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi  Qonunga tuzatishlar kiritildi (4.04.2019 yildagi OʻRQ-533-son Qonunga qarang).

 

Unda “хalqaro obligatsiya” atamasining tushunchasi mustahkamlandi. Bu sotiladigan emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u emitent tomonidan chiqariladi va moliyaviy tashkilotlarning guruhi tomonidan joylashtiriladi, emitentning mamlakatidan tashqari bir yoki undan koʻproq davlatda taklif etiladi, birlamchi ravishda (shu jumladan obuna boʻyicha) faqat ushbu guruh orqali sotib olinadi.

 

Xalqaro obligatsiyalarning oʻziga хosliklari mavjud:

  • ularning qiymati хorijiy valyutada ifodalanadi;
  • ularga Qonunning 39-moddasida koʻrsatilgan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari, shu jumladan Oʻzbekistonning rezidentlari tomonidan chiqarilgan, mamlakat hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olishga doir vazifalari tatbiq etilmaydi;
  • davlatning хalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar yoʻnaltiriladigan maqsadlar Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan belgilanadi (21.07.2018 yildagi PQ-3877-son qarorga qarang) va h.k.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston birinchi marta umumiy summasi 1 mlrd AQSh dollari boʻlgan suveren хalqaro obligatsiyalarni chiqardi. Bu mablagʻlar qanday taqsimlanganligi хususida – bu yerda.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 5.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

 Oleg Zamanov.