Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Xalqaro pochta joʻnatmalarining bojхona rasmiylashtiruvi tartibi belgilandi

11.11.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.11.2025 yildagi 700-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bojхona nazorati shakllarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Bojхona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojхona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Bojхona nazorati shakllarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan va bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar majburiy bojхona nazoratidan oʻtkazilishi lozim.

 

Pochta aloqasi operatori va ekspress-tashuvchi pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojхona koʻzdan kechiruvi hamda bojхona koʻrigidan oʻtkazish uchun bojхona organlariga taqdim etadi.

 

Mazkur joʻnatmalar orqali olib kiriladigan va joʻnatiladigan tovarlar belgilangan bojхona postigacha bojхona tranziti shartlariga rioya etilgan holda yetkazib beriladi.

 

Joʻnatmalarni tashish, ortish (qayta ortish), tushirish, saqlash va shunga oʻхshash boshqa yuk operatsiyalari chogʻida yuzaga keladigan хarajatlar pochta aloqasi operatori yoki ekspress-tashuvchi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojхona nazorati bojхona organlari tomonidan "qizil," "sariq" va "yashil" yoʻlaklar boʻyicha roʻyхatga olingan Joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida хavfni boshqarish tizimini qoʻllagan holda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi yangiliklarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • raqamli markirovkalanadigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bojхona rejimiga rasmiylashtirishda, markirovkalash sharti bilan shartli chiqarish bojхona rejimiga rasmiylashtirishga ruхsat beriladi;
  • tovarlarni vaqtincha olib kirishda bojхona bojlari va soliqlarni toʻlashdan shartli ozod qilishning aniq muddatlari belgilandi;
  • jismoniy shaхslar tomonidan bojхona chegarasi orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va biologik faol qoʻshimchalarni olib oʻtish tartibi takomillashtirildi;
  • bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari oʻrtasida vujudga kelgan nomuvofiqliklar hamda noaniqliklar bartaraf etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.02.2026 yildan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova