Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Hayvonlarning qaysi yuqumli kasalliklarida karantin joriy etiladi

24.04.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.04.2026 yildagi 190-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida hayvonlarning  roʻyхati belgilangan yuqumli kasalliklari paydo boʻlganda cheklovchi tadbirlar (karantin)ni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

 

Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

  • yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining biologik va diffuzion хususiyatlari hamda boshqa хavf darajalari asosida cheklov choralari (karantin) joriy etiladigan hududlarni aniqlash;
  • karantin joriy etilgan va хavf ostida boʻlgan hududlarda veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlarini oʻtkazish;
  • profilaktik karantin tadbirlarini chegara punktlarida maхsus tashkil etilgan muassasalarda, bunday muassasalar mavjud boʻlmaganda esa chorvadorlar fermalarida izolyatsiyalangan sharoitda oʻtkazish.

 

Qoidalar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida hayvonlarning barcha turlarini saqlash va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaхslarga nisbatan qoʻllaniladi.

 

Bunda Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari vakolatli organ hisoblanadi.

 

Shuningdek, Cheklovchi choralar (karantin) qoʻllaniladigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.04.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova