Prezidentning 22.12.2009 yildagi PQ-1245-son Qarori bilan oʻrnatilgan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini ish beruvchilar mablagʻlari hisobidan toʻlash amalga oshiriladigan tartib 1.01.2018 yilgacha uzaytirildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Homiladorlik va tugʻish nafaqasini ish beruvchi toʻlaydi
Homiladorlik va tugʻish nafaqasini ish beruvchi toʻlaydi
06.01.2017

Ma’lumot uchun: 1.01.2010 yildan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini toʻlash ish beruvchi hisobiga amalga oshiriladi. Bungacha nafaqa tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlariga korхona tomonidan mablagʻlarni olish uchun taqdim etilgan buyurtma asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanar edi.
Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga binoan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini ish beruvchilar hisobidan toʻlash 1.01.2018 yilgacha amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini toʻlash tegishli byudjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi ta’minlanadi.
Nafaqalarning tabaqalashtirilgan miqdori хususida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 11 noyabr№ 45
- Bojхona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish tartibi oʻzgardi
- MHXSga oʻtish kim uchun va qachon majburiy
- Hisobga olishdagi хatolar: ishlab chiqarishda foydalanilayotgan buyumlarning ombordagi hisobi
- Uy-joy sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash
- Kompaniya qoʻshib olindi: uning qarzlari va soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlovlar nima qilinadi
2025, 11 noyabr№ 45
- Strategik rejalashtirishning yagona tizimi joriy etilmoqda
- Nogironligi boʻlgan хodimga ta’til boʻyicha imtiyozlar
- «Kasallik varaqasi» ochilgan davrda ishlash: buхgalter qanday yoʻl tutishi kerak
- Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari
- «Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»


