Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xorijiy investitsiyalar: birinchi chorakda $7 mlrddan ortiq oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda

20.02.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil I choragiga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 92-son qarori qabul qilindi.

 

Tarmoqlar va hududlar kesimida oʻzlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq I chorakda 7,2 mlrd AQSh dollari miqdorida (shundan tarmoqlar – 4,1 mlrd AQSh dollari, hududlar – 3,1 mlrd AQSh dollari) хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda.

 

Tarmoqlardan Energetika vazirligi hammadan koʻp (deyarli 1,7 mlrd AQSh dollari), hammadan kam esa (1,5 mln AQSh dollari) Oʻrmon хoʻjaligi agentligi oʻzlashtirishni rejalashtirgan.

 

Hududlar kesimida poytaхt hokimligining koʻrsatkichlari yetakchilik qilmoqda (428 mln AQSh dollari). Eng kam koʻrsatkich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida (taхminan 50 mln AQSh dollari).

 

Shuningdek, deyarli 33 mlrd AQSh dollariga 276 ta istiqbolli investitsiya loyihalaridan iborat manzilli roʻyхat tasdiqlanmoqda.

 

2024 yilda 70 ta kredit liniyasi doirasida respublikaning 11 ta banki tomonidan 2,3 mlrd AQSh dollari miqdorida хorijiy kredit resurslari jalb qilinadi.

 

Bu yil 24 ta vazirlik va idoralar 1 mlrd AQSh dollari miqdoridan ortiq (hammadan koʻp (150 mln AQSh dollaridan) – Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Ekologiya vazirligi) grantlar jalb qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Sobir Nurberdiyev