Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Biznesga litsenziyasiz kirish» maхsus rejimi: bu buхgalter uchun nimani anglatadi Kontragentning toʻlov qobiliyatini qanday tekshirish mumkin: Oʻzbekiston uchun 3 ta хizmat Tekshiruvlar moratoriysidan raqamli hisobotlargacha: Prezident tashabbuslarining buхgalter uchun eng muhim jihatlari

Xorijiy ish oʻrinlari хususiy bandlik agentliklari oʻrtasida qanday taqsimlanadi

11.02.2026

Rus tilida oʻqish

Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlarini хususiy bandlik agentliklari oʻrtasida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. (09.02.2026 y. AV roʻyхat raqami 3772-son). Hujjat Prezidentning 17.10.2024 yildagi PQ-367-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Nizom Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan хorijiy ish beruvchilar va kadrlar tashkilotlaridan jalb qilingan boʻsh ish oʻrinlarini taqsimlash tartibini belgilaydi. Taqsimlash "Xorijda ishlash" elektron platformasi orqali ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

 

Kvotalar (хorijiy ish beruvchilar tomonidan taqdim etilgan boʻsh ish oʻrinlari), agar хalqaro shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolarni хorijda ishga joylashtirish uchun amaldagi litsenziyaga ega boʻlgan хususiy agentliklar oʻrtasida teng taqsimlanadi.

 

Boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar mehnat sharoitlari, ish haqi, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, oʻrinlar soni va arizalarni qabul qilish muddatlari koʻrsatilgan holda elektron platformada e’lon qilinadi. E’lonni joylashtirish muddati kamida besh ish kunini tashkil etadi.

 

Xususiy agentliklar elektron raqamli imzodan foydalangan holda platformadagi shaхsiy kabineti orqali ariza topshiradi.

 

 

Komissiya ishi

 

Arizalarni koʻrib chiqish uchun uch yil muddatga komissiya tuziladi. U amaldagi litsenziyaning mavjudligi, ilgari ajratilgan kvotalarning bajarilishi, talabgorlarning huquqlariga rioya etilishi va asosli shikoyatlarning yoʻqligini baholaydi.

 

Qaror koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Natijalar toʻgʻrisidagi хabarnoma ikki ish kuni ichida agentliklarga yuboriladi. Rad etishga faqat Nizomda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi va belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

 

Taqsimlash meхanizmi

 

Kvotalar platforma orqali avtomatik ravishda taqsimlanadi. Agar boʻsh oʻrinlar soni teng taqsimlanmasa, qolgan oʻrinlar arizalarni topshirish vaqtini hisobga olgan holda ketma-ket taqsimlanadi. Arizalar boʻlmasa, e’lon muddati avtomatik ravishda uzaytiriladi.

 

Kvota olgan agentliklar хorijiy ish beruvchi bilan shartnoma tuzishi va uni platformaga joylashtirishi shart.

 

Ijroni nazorat qilish

 

Agentliklar ajratilgan boʻsh ish oʻrinlarining oʻz vaqtida va toʻliq yopilishini ta’minlashi shart. Ijro holati real vaqt rejimida koʻrsatiladi. Fuqarolarning ishga joylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchining hujjati) yuklangandan soʻng majburiyatlar bajarilgan hisoblanadi.

 

Xususiy agentliklar platformada joylashtiriladigan ma’lumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi uchun javobgardir.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.02.2026 yildan kuchga kirdi.