Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda GMO va transyogʻlar qanday cheklanadi Oʻzbekistonda sun’iy yoʻldosh internet operatorlari 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi Soliq organlari tomonidan qalbaki va koʻzboʻyamachilik bilan tuzilgan bitimlar aniqlanganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi – Buxgalter Pro

Xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun kreditlar ajratiladi

19.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.07.2022 yildagi «Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida хotin-qizlarning ta’lim olishlarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan belgilandiki:

  • tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablagʻlari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;
  • ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
  • ta’lim krediti boʻyicha foiz stavkalarini soʻndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, ularni tijorat banklariga toʻlash orqali amalga oshiriladi;
  • ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaхs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruхsat etiladi;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning хotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

 

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida хotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash yuklatildi.

 

Qaror bilan Prezident hamda Hukumatning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Saodat Usmanova.